Strasburgda 39 yoshli Albaniya fuqarosi o‘zini Yevropa parlamenti binosi qarshisida yoqib yuborishga urindi, deb xabar beradi Les Dernieres Nouvelles d’Alsace.

Foto: DNA

Erkak “adolatsizlik” deya baqirib, ustiga benzin quyib, kiyimlariga o‘t qo‘ygan. Bu vaqtda bino qarshisida gvineyaliklar norozilik namoyishi o‘tkazayotgan bo‘lgan — uning ishtirokchilari olovni o‘chirgan.

Yuzi va qo‘li kuygan erkak shifoxonaga yetkazilgan. Uning ryukzagidan biror bir xavfli predmet topilmagan. Les Dernieres Nouvelles d’Alsace’ning ta’kidlashicha, mojaroga qadar unga Fransiyadan boshpana berish rad etilgan va u mamlakatni tark etishi majbur bo‘lgan.