Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 19-turi doirasida 13-yanvar, yakshanba kuni Mauritsio Sarri boshqaruvidagi Turinning “Yuventus” klubi safarda Paulu Fonseka boshliq Rimning “Roma” klubi bilan bahsga kirishdi.

Foto: Reuters

Uchrashuv davomida “keksa sinyora” vakillari Merix Demiral () va Krishtianu Ronaldu ()ning gollariga rimliklar argentinalik Diyego Perottining 68-daqiqada penaltidan urgan goli bilan javob qaytardi.

Natijada Turin klubi mehmonda “Roma” ustidan kichik 2:1 hisobida g‘alaba qaozonib, muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Yuventus” ochkolari sonini 48 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Roma” esa 35 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.

A Seriya

19-tur bahsi

12-yanvar, yakshanba

“Roma”—“Yuventus” 1:2

Gollar: 0:1 – 3 Demiral, 0:2 – 10, penalti Ronaldu, 1:2 – 68, penalti Perotti.

“Roma”: Lopes, Manchini, Florensi, Smolling, Kolarov, Veretu (Kristante, 66), Pellegrini, Dzanyolo (Under, 36), Diavara, Perotti (Kalinich, 82), Jeko

“Yuventus”: Shchensni, Demiral (de Ligt, 19), Bonuchchi, Aleks Sandro, Remzi (Danilo, 69), Kuadrado, Matyuidi, Pyanich, Rabyo, Ronaldu, Dibala (Iguain, 69)

Ogohlantirishlar: Veretu (9), Pyanich (12), Kolarov (15), Manchini (26), de Ligt (32), Kuadrado (45), Kristante (82), Kalinich (83), Florensi (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!