Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yangi yil – bayramona kayfiyat bilan ilhomlantiradigan sehrli vaqt. Bolaligimizdan ushbu bayramda bizni nima quvontirar edi? Albatta sovg‘alar! Yangi yil kunlarida barcha bolalar ularni intizorlik bilan kutishadi.

Lukoyl kompaniyasi o‘zining xayriya faoliyati doirasida yangi yil kunlarida jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va kam ta’minlangan oilalarni tabriklash bo‘yicha an’anaviy aksiyani o‘tkazdi.

Kompaniya Buxoro, Qarshi, Toshkent va Toshkent viloyatidagi jami 2000 nafar bolalarni yangi yil sovg‘alari bilan xursand qildi. Buxoro va Qarshi shaharlaridagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta maktab-internatlarida yangi yil bayrami tashkil etildi. Shubhasiz, bolalar bayramona kayfiyat, g‘amxo‘rlik va e’tiborni his etishdi. Bundan tashqari, o‘tgan yili Lukoyl Qarshi shahridagi 18-sonli maktab-internat o‘quvchilariga yangilangan, ta’mirlangan va jihozlangan turar joy va o‘quv xonalarini taqdim etdi.

Kompaniya “Mehribonlik”, “Ziyo nuri” jamiyati a’zolari, Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi 14-sonli mehribonlik uyi va Toshkent shahridagi 2-sonli “Muruvvat” mehribonlik uyining tarbiyalanuvchilari e’tiboridan chetda qolmadi. Ushbu mehribonlik uylarida yangi yil bayramlari tashkillashtirilgan. Qorbobo, Qorqiz, Olaf, kapitan Marvel va Oppoqoy kabi ertak qahramonlari bolajonlarga ajoyib kayfiyat va betakror tuyg‘ularni taqdim etdi. Bolajonlar yig‘ilganlarni ajoyib ta’sirli chiqishlari bilan xursand qilishdi, sevimli she’rlarini aytib berishdi, vals va Andijon polkasi raqslarini ijro etishdi, “Kulcha” qo‘shig‘i esa hech kimni befarq qoldirmadi.

Qorbobo Respublika onkologiya markazining bolalar onkologiyasi bo‘limidagi bolajonlarga yangi yil sovg‘alarini topshirib, ularni o‘zining kutilmagan tashrifi bilan mamnun etdi. Bolalarning yuzlaridagi xursandchilik va quvonchni tasvirlashga til ojiz, desak adashmagan bo‘lamiz. Bolalar tabassumidan azizroq narsaning o‘zi bormi?

Ba’zida jiddiy kasalliklar va xastaliklarga duch kelgan bolalar hayotiga tabassum va yorqin ranglarni kiritish uchun zarur bo‘lgan narsa bu e’tibor va g‘amxo‘rlik, baxt va quvonch zarrachalari, ular bilan esa xohlasak har birimiz bo‘lishishimiz mumkin.

Buxoro va Qarshidagi maktab-internatlar, Chirchiq va Toshkentdagi mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari hamda Respublika onkologiya markazida davolanayotgan bolalari uchun yangi yil sovg‘alari

Lukoyl’ning bolalar va kattalar uchun yana bir yangi yil sovg‘asi 7—8-yanvar kunlari “Humo” muz saroyining arenasida bo‘lib o‘tgan “Haqiqiy Shelkunchik” muz namoyishi bo‘ldi. Tomoshabinlarni nafaqat yuqori darajadagi figurali uchish, yuqori texnologiyali effektlar va esda qolarli manzaralar bilan, balki haqiqiy musiqiy teatr bilan hayratga solgan yorqin va ajoyib tomosha bo‘ldi. Muz ustida musiqiy eksperimentlar va interaktiv chiqishlar O‘zbekistonda birinchi bor namoyish etildi. Spektakl yaratuvchilari Rossiyadagi “Muz myuzikli” janrining asoschilaridir, ularning loyihalarida esa olimpiya chempionlari va eng yirik figurali uchish musobaqalari g‘oliblari ishtirok etishgan.

Yangi yil tomoshasida sport ustalari, Rossiya Federatsiyasining figurali uchish bo‘yicha chempionlari va sovrindorlari, shu jumladan, E.Tutberidze, A.Mishin, A.Julin va T.Moskvinina kabi taniqli figurali uchish ustalarining shogirdlari, jami 25 rossiyalik figurachilar ishtirok etishdi. Ikki kun ichida 5 tomosha o‘tkazildi, ulardan bittasi esa to‘liq xayriya tadbiri edi. Kompaniya ushbu tadbirning bosh homiysi sifatida poytaxtning 6 mingga yaqin aholisi, mehribonlik uylari va maktab-internatlar tarbiyalanuvchilari hamda kam ta’minlangan oilalar uchun tomoshaga tashrif buyurish imkoniyatini taqdim etdi.

“Haqiqiy Shelkunchik” muz shousidan parcha

“Haqiqiy Shelkunchik” muz shousidan parcha

Shak-shubhasiz, muz shousi barcha tomoshabinlarda unutilmas va yorqin taassurot qoldirdi.

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)
Mahalliy
Nogiron fuqaroning bo‘yniga zanjir bog‘langani aks etgan video yuzasidan izoh berildi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda