• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Iqlim o‘zgarishlari bizni tentak qiladi. Behazil

    Iqlim o‘zgarishlari ortidan insoniyat to‘qnash keladigan muammolar haqida ko‘pchilik OAV orqali xabar topgan: issiqxona effekti, dunyo okeani sathining ko‘tarilishi, cho‘llanish, o‘rmon yong‘inlari, qurg‘oqchilik va hokazo. Xullas, vaziyat murakkab va bu aytilganlardan hech birida yaxshilik alomati ko‘rinmayapti. Atmosferaga CO2 gazlarining tinimsiz va katta miqdorlarda tashlanishi oqibatida sayyoramiz global miqyosda isib borayotgani endilikda inkor qilib bo‘lmas haqiqatga aylandi. Biroq CO2 gazlari miqdori ortishi natijasidan yuqorida aytilgan vahimali gaplar – toshqinlar, yong‘inlar va hokazolardan ham  ayanchliroq boshqa bir holat kelib chiqishi mumkin ekan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Pensilvaniya universiteti va Kolorado Jamoatchilik sog‘lig‘ini saqlash oliy maktabi olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, shundoq ham tabiat injiqliklari bilan bog‘liq muammolar girdobida qolayotgan odamzot qarshisida global iqlim isishining yanada ayanchli ta’siri paydo bo‘ladi. Ya’ni CO2 gazlari miqdorining ortishi bilan, odamlar o‘zi ham aqlan zaiflashib, tentaklashib boradi. Va bu hazil emas, balki tag zamirida achchiq haqiqat bo‘lgan ilmiy xulosadir. Bu yaxshilikka olib kelmasligini ham hammamiz yaxshi bilamiz.

    Atmosferada CO2 gazi miqdori ortishidan kishining fikrlash va mantiq yuritish qobiliyati susayishi, diqqatni jamlay olmaslik va bilimlarni o‘zlashtira olmaslik singari nojo‘ya ta’sirlar kelib chiqishi haqidagi ilmiy maqola Amerika Geofizika Ittifoqining yil yakunlariga bag‘ishlangan majlisida ma’ruza tarzida o’qib eshittirilgan va EarthArXiv serveriga joylangan.

    Unda qayd etilishicha, CO2 miqdori me’yoridan ortiqcha bo‘lgan havodan nafas olish orqali kishining koginitiv imkoniyatlari qay darajada o‘zgarishi tekshirilgan. Buning uchun ular talabalarga havodagi CO2 miqdori turlicha bo‘lgan muhitlarda o‘tirib dars qilish va umuman biror bilimni o‘zlashtirishga urinib ko‘rishni taklif qilgan. Xulosalar vahima qilgulik: talabalarga hozirgi atmosferaga tashlanayotgan CO2 miqdori bilan to‘yingan havodan nafas olib o‘qishda davom etsa, kompyuter modellashtirishi yordamida olingan tahlilga ko‘ra, 2100-yilga borib odamlarning aqliy salohiyati hozirgidan taxminan 25 foizga pasayib ketishi mumkin. CO2 miqdori hozirgi tashlanayotgandan ham ko‘proq bo‘lgan, ya’ni havosi hoziroq CO2 bilan zaharlangan xonada ish bajargan talabalarning aqliy qobiliyati esa 50 foizgacha pasaygani qayd qilingan.

    Shu tariqa, olimlar global iqlim isishiga nisbatan jiddiyroq yondoshilmas va atmosferaga tashlanayotgan CO2 miqdori kamaytirilmas ekan, asr so‘ngiga borib odamlar bosh miyaning, fikrni jamlash, mulohaza yuritish, bilim egallash, begona joyda orientir ola bilish va hatto nutq singari oliy funksiyalaridan samarali foydalanishga qodir bo‘la olmay qoladi deb qo‘rqitishmoqda. Qisqa qilib aytganda, CO2 ning me’yoridan oshiq miqdori odamzotni tentakroq qiladi. Va bu hazil emas...

    Muzaffar Qosimov

    08.01.2020, 21:44   Izoh (0)   58737
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yer magnit qutbining rekord darajada siljigani qayd etildi

    20.12.2019, 20:35

    Tarixda birinchi marta g‘ayritabiiy mavjudotlarning tasviri topildi

    14.12.2019, 08:23

    Okean tubidan minglab sirli obyektlar topildi

    12.12.2019, 08:25

    Olimlar har qanday saraton hujayrasini o‘ldiradigan virusni yaratdi

    07.12.2019, 09:29

    Tailandda yangi turdagi dinozavrning qoldiqlari topildi

    12.11.2019, 04:36

    Gretsiyada fanga noma’lum ilonlarning qoldiqlari topildi

    08.11.2019, 08:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi

    Dunyo | 12 iyul, 10:06

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57

    Jeyn Birkinga tegishli bo‘lgan birinchi Hermes Birkin sumkasi kimoshdi savdosida 7 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 12 iyul, 08:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.