Qoraqalpog‘iston respublikasi “Mega Nukus” ko‘ngilochar-savdo majmuasi oldida Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrug harbiy xizmatchilari tomonidan vatanparvarlik festivali o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga ushbu harbiy okrug matbuot xizmati xabar bergan.
Nukus garnizonining harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar tomoshabinlarga bayromona kayfiyat ulashdi. Maydonga yig‘ilganlarning ko‘pchiligi orkestr ijro etgan asarlarni telefoniga tasvirga tushirgan.
Shuningdek, tadbir davomida faxriy qorovul vzvodi va muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan qo‘l jangi harakatlari aks etgan mashqlar va sahnalashtirilgan janglar tadbirda yig‘ilganlarni hayratlantirdi.
Avval Samarqand shahri markazida harbiylar tomonidan Yangi yilga bag‘ishlangan ko‘rgazmali chiqishlar boshlangani xabar qilingandi.
Izoh (0)