• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    22-dekabr – Chikatilo birinchi qotillikni sodir etgan kun. Butun SSSRni qo‘rquvda ushlab turgan manyak haqida nimalarni bilamiz?

    Chikatilo degan familiyani eshitgan deyarli har bir kishi XX asrda butun dunyoni larzaga solgan dahshatli va shafqatsiz manyakning qilmishlarini eslaydi.

    Uning ustidan tergov ishlari davom etar ekan, hibsga olingan jinoyatchi yakka tartibda saqlangan. Aksariyat tergovchilar Chikatilo boshqa jinoyatchilar bilan bitta xonada sudni kutadigan bo‘lsa, u bu kamerada tirik qolmasligiga ishongan. Buning sababi uning jinoyatlari naqadar jirkanch va g‘ayriinsoniyligidadir. Hatto jinoyat olami ham sadistlarni qabul qilmaydi va bunday jirkanch insonlarni qattiq jazolaydi.

    Bir qarashda oddiy bo‘lib ko‘ringan bu odamni shunday qotilliklar qilishiga nimalar undadi? Nima uchun qishloqdan kelgan oddiy yigit butun dunyo hanuzgacha gapiradigan eng dahshatli, shafqatsiz va qo‘rqinchli qotilga aylandi? Bu savollarga “Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov javob qidiradi.

    Inson qotil bo‘lib tug‘ilmaydi, hayot uni shunday tarbiyalashi mumkin. Ko‘pincha tajovuzkorlik va buzuqlik bolalikdagi psixologik muammolar, kamsitilish va komplekslar natijasidir.

    Bolalik

    Chikatilo 1936-yil 16-oktabrda Xarkov viloyatining (Ukraina) Yablochnoye qishlog‘ida tug‘ildi. Shu yerda o‘sgan va o‘qidi. Ko‘pchilikning ta’kidlashicha, u tug‘ma nevrologik kasallik – gidrotsefaliya bilan og‘rigan. Nisbatan balog‘at yoshida ham siydik ushlab tura olmaslik muammosidan aziyat chekdi. Bu noqulaylik bola onasi tomonidan ko‘p kaltaklanishining asosiy sabablaridan biri bo‘lgan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    U otasini eslay olmas edi, chunki Ikkinchi jahon urushi davrida asirlikdan qaytgach, otasi vatan xoiniga tenglashtirildi va qatag‘on qilindi.

    Chikatilo 1944-yilda maktabga bordi. Uning muammolari tufayli tengdoshlari tomonidan doimiy masxara qilish obyekti bo‘ldi. Doimiy cheklanish tufayli u normal o‘qiy olmadi, o‘qituvchilarga savol berishdan va diqqatni jalb qilishdan qo‘rqdi.

    Bolaning psixikasini onasining uning akasini dahshatli ocharchilik davrida pishirib yeb yuborishgani haqidagi hikoyalari buzishda davom etdi. 1946-yilda Sovet Ittifoqida ocharchilik boshlanganida u o‘zini boshqalar tutib olib yeb qo‘yishlaridan qo‘rqib ko‘chaga chiqmay qo‘ydi. Doimiy o‘zini nazorat qilish va komplekslar uning tuyg‘ularini bo‘g‘ib qo‘ydi va biror narsadan taskin topishga imkon bermadi.

    Armiya

    Chikatilo 1954-yilda o‘rta maktabni tugatib, Moskva davlat universitetiga o‘qishga kirishga harakat qildi, lekin kira olmadi. Chikatilo imtihondan o‘ta olmaganiga ishonmadi. O‘qishga kira olmaganining sababini “xoinning o‘g‘li” degan tamg‘a bilan yashaganida deb o‘yladi. Shunga qaramay, Chikatilo texnikumni tamomladi.

    1957-yildan 1960-yilgacha bo‘lajak manyak bir qator yangi muammolarni boshidan kechirishi kerak edi. Bu vaqt davomida Chikatilo armiyada xizmat qildi. U yerda yana xizmatdoshlaridan masxara, haqorat va hatto jinsiy tajovuzga uchradi.

    Stress, doimiy zo‘riqish, kamsitilish va atrofdagi adolatsizlikdan xalos bo‘lolmaslik Chikatiloda butun dunyoga nisbatan nafratni keltirib chiqardi. U tengdoshlariga qarshi tura olmas edi, lekin o‘zidan zaif odamlarni ezishdan zavq olardi. Buni o‘ninchi sinfda u bilan yuz bergan bir voqea tasdiqladi.

    O‘zini anglash kuni

    O‘sha kuni o‘spirin birinchi marta jinsiy qoniqishni boshdan kechirdi. Bu jinsiy aloqa paytida sodir bo‘lmagan, aynan o‘zidan ojiz insonga qarshi kuch ishlatgan paytda sodir bo‘ldi. Chikatiloning hovlisiga tashrif buyurgan qiz birmuncha vaqt yigitni asabiylashtirib, u bilan ziddiyatga kirishdi. Bunga bardosh berolmay Andrey uni yerga yiqitdi. U 13 yoshli qizga nisbatan hech qanday jinsiy tajovuz qilmadi, shunchaki qizning qichqiriqlari ushbu kutilmagan natijani berdi.

    O‘qituvchi

    Armiyadan so‘ng Chikatilo Rostov-Don viloyati yaqinidagi Rodionov-Nesvetayskaya qishlog‘iga ko‘chib o‘tdi. U muhandislik ishini ijodiy kasb bilan uyg‘unlashtirdi. Chikatilo viloyatning “Znamya” gazetasi uchun maqolalar yozdi. Bu ishlar unga zavq va qoniqish olib kelmadi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Keyinroq Rostov universitetining sirtqi bo‘limiga o‘qishga kirib, uni tugatdi. Besh yil o‘tgach, u yana bir oliy ma’lumotli bo‘ldi. Pedagogika instituti qoshidagi marksizm-leninizm universitetini tamomladi. Bu unga o‘quv muassasalarida rahbarlik o‘rinlarini egallashga va dars berishga imkon berardi. Aynan shu yerda Andrey Chikatiloning yo‘li boshlandi. Insonlar qonidan iz qoldirilgan yo‘l...

    Tuman jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasining raisi bo‘lish (1965) kelajakdagi qotilga yoqadigan birinchi ish edi. O‘smirlar bilan muloqot qilish, ularni kuzatish va bolalar psixologiyasini o‘rganish – bularning barchasi uni qiziqtirdi. Yosh bolalarga qiziqish asta-sekin o‘sib bordi.

    1970-yilda u 32-sonli maktab-internat jamoasiga qo‘shildi. Bu yerda u rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi, o‘rinbosar va hatto direktor bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Martabasining bunday tez o‘sishiga qaramay, u ishdan ketishga majbur bo‘ldi. Bunga ikki o‘quvchi qizning u tomonidan ta’qib qilinayotgani to‘g‘risidagi shikoyatlari sabab bo‘ldi.

    Maktabni “o‘z xohishi bilan” qoldirib, Novoshaxtinsk GPTU-39 da ishlab chiqarish ta’limi ustasi lavozimini egalladi. U bu yerda ham ichki his-tuyg‘ularini va bolalarga qiziqishini yashira olmadi.

    Shaxsiy hayot

    Andrey Chikatilo uylandi va ikkita farzand ko‘rdi.

    Chikatiloning oilaviy hayoti tinch va osoyishta edi. Hattoki xotini uning barcha qilmishlarini bilib, eshitganlariga ishona olmagan. Uning sokin, moslashuvchan, mehnatsevar va hamdard eri, ikki farzandning otasi bolalarni shafqatsizlarcha o‘ldirib, keyin uyiga qaytib, qizi va o‘g‘li bilan o‘ynaganiga ishonmagan.

    Ko‘pchilik uni taniganlar yillar davomida kamtarin, o‘qimishli va yumshoqtabiat bu odam hatto pashshaga ozor bermagan deb hisoblagan.

    U butun SSSR ota-onalarining qalbiga qo‘rquv singdirdi. O‘n yil davomida tezkor qidiruv xodimlari manyakni topishga harakat qildi, ota-onalar va o‘z farzandlarini hamma joyda kuzatib yurdi, bundan tashqari, rasmiylar Chikatiloning ishlarida begunoh Aleksandr Kravchenkoni ayblab, unga oliy hukm e’lon qilib, otib tashlashga ham ulgurgan edi.

    Birinchi qon

    Chikatiloning birinchi qurboni to‘qqiz yoshli Yelena Zakotnova edi. Aynan ushbu qotillik zo‘ravonni mamnun qiladigan narsani aniq ko‘rsatib bergan edi. Zakotnovaning o‘ldirilishida mutlaqo boshqa odam – Aleksandr Kravchenko ayblanib, otib o‘ldirilgan.

    Tergov davomida qiz birinchi qurbon bo‘lganini Chikatiloning o‘zi aytgan.

    Qizni kulbaga olib kirganimdan keyin unga tashlandim. U qichqirdi, men og‘zini qo‘llarim bilan yopdim... Bu qichqiriqlar ehtirosimni haddan tashqari yuqori nuqtaga olib keldi. Men uni bo‘g‘ib qo‘yganimda u hirillardi. Aynan o‘sha paytda men hayotimdagi eng yorqin orgazmni boshdan kechirdim.

    Qiz bilan bo‘lgan voqeadan so‘ng Chikatilo uch yil o‘zini ushlab turdi. Lekin o‘sha “yorqin hislar”ni takrorlash istagi kuchayib borardi.

    Mahluq

    1982-yil Sovet Ittifoqining har bir fuqarosini dahshatga soldi. Qo‘rquv ota-onalar va bolalarni tark etmas edi. Militsiya xodimlari yangidan yangi jasadlarni shaxsini aniqlash uchun har oy (ba’zan bir necha bor) o‘rmon yo‘liga tashrif buyurardi.

    Jinoyatchi qurbonlarini shafqatsizlarcha va vahshiyona o‘ldirardi: o‘g‘il bolalarning moyagini kesib tashlar, ayollarning ko‘krak bezini g‘ajib, jinsiy a’zolarini kesib tashlardi, pichoq bilan tanalariga ko‘p sonli jarohatlar yetkazar, ko‘zlarini o‘yib olardi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Qurbonlarining jinsiy a’zolariga nisbatan bunday shafqatsizligi va nafratining sababi uning o‘ziga bo‘lgan shubhasi edi. Chikatilo o‘zini qurbonlarining azobini tomosha qilishdan zavqlanadigan yarim impotent deb hisoblardi.

    U birinchi marta 1984-yilda qo‘lga olingan. Uchastka inspektoriga bu odamning fe’l-atvori shubhali tuyulgan. U juda hayajonlangan va o‘spirinlarga tegajog‘lik qilgan. Uning jomadonidan chiqqan pichoq, arqon, iflos sochiq, vazelin esa bu shubhalarni tasdiqlardi.

    Aybni tasdiqlaydigan yoki rad etadigan asosiy dalil sperma izlari edi. Afsuski, u paytda tibbiyot unchalik rivojlanmagan, urug‘lik guruhi qon guruhiga to‘g‘ri kelishi kerak deb ishonilgan. Chikatiloning bu borada o‘ziga xosligi (bu ikkala tahlil o‘rtasidagi nomuvofiqlik) uning foydasiga o‘ynadi. Ko‘p o‘tmay dalillar yo‘qligi tufayli u aybsiz deb topilib, qo‘yib yuborildi.

    Chikatiloning hibsga olinishi

    Shu tariqa qotil ozod qilindi va yana olti yil davomida shafqatsizliklarini davom ettirdi.

    Jinoyatlar davom etayotgan paytda tergovchilar “O‘rmon kamari” operatsiyasini boshladi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari bir necha yillar davomida ayyor manyakning iziga tushdi va faqatgina 1990-yilda Chikatiloni hibsga olishga muvaffaq bo‘ldi.

    Navbatdagi qotillikdan keyin manyak temir yo‘l stansiyasiga yo‘l oldi va u yerda politsiya serjanti tomonidan to‘xtatildi. Serjant undan hujjatlarini ko‘rsatishni so‘radi. Shubhali narsani sezmagan militsioner Chikatilo familyasini yozib olib, uni qo‘yib yubordi.

    Jasad topilishi so‘nggi bir hafta ichidagi barcha hujjatlar qayta ko‘rib chiqishga undadi. Tergovchilar Chikatilo familiyasiga duch kelganida uni qo‘lga olishni rejasini boshladi. Ular manyakni do‘kondan uyga qaytayotganida ushladi. Chikatilo hibsga olinganidan o‘n kun o‘tib gapira boshladi.

    Sud hukmi

    1992-yilgi sudda Chikatilo 56 ta qotillikda aybni tan oldi. Uni otuvga hukm qilishdi, bu sud zalida o‘tirganlarning barchasini qoniqtirdi. G‘azablangan ota-onalar o‘sha yerning o‘zidayoq uni o‘ldirishni xohlardi, manyakni bundan baland temir qafas saqlab turardi xolos.

    Chikatilo prezident Yelsinga ko‘plab maktublar yozdi, avf etishni, hayotini saqlab qolishni so‘radi. Lekin uning so‘rovlari rad etildi. Nihoyat 1994-yil 14-fevral kuni qonxo‘r sadist, bolalar va ayollar kushandasi Andrey Chikatilo boshining orqa qismiga to‘pponcha o‘qini qabul qilib oldi.

    Hozirgi vaqtda bu sadist va manyak haqidagi gaplar to‘xtagani yo‘q. U haqida hikoya qiluvchi hujjatli filmlar va dasturlar suratga olindi. Bu mehr va e’tiborsiz qolib, haqiqiy yirtqich hayvonga aylangan bolaning tarixi edi.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    23.12.2019, 15:29   Izoh (1)   189724
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. / 25 fevral, 19:05

      Chikotilloning oilasining ahvoli keyinchalik nima bilan yakunlandi

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35

    AQSHdan ketadigan noqonuniy migrantlarga tekin aviachipta beriladi

    Dunyo | 11 may, 21:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.