“Real”, “Tottenhem” va “Arsenal” kabi klublarning sobiq hujumchisi Emmanuel Adebayor faoliyatini “Paxtakor”da davom ettirishi mumkin.

Foto: Hurriyet

Turkiyaning Hurriyet nashri xabariga ko‘ra, “Kayserispor” futbolchisi turk klubini tark etishini ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, “sherlar” ustozi Shota Arveladze togolik futbolchini “Paxtakor”ga kelishga ko‘ndirgan.

Avvalroq gruziyalik mutaxassis “Paxtakor” Abedayorni qo‘lga kiritishga yaqin bo‘lgani, biroq futbolchi Turkiyada qolishni istaganini aytgandi.

Ma’lumot uchun, Adebayor faoliyati mobaynida “Monako”, “Manchester Siti”, “Real Madrid” va “Tottenhem” jamoalarida ham to‘p surgan. 35 yoshli futbolchi 2019-yilning yozida “Istanbul Bashakshehir” klubidan “Kayserispor”ga o‘tgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!