Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Jizzaxda Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari tomonidan shahar aholisi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikdagi taktik-o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘quv mashg‘ulotida Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi rahbariyati, Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari, DXX Chegara qo‘shinlari, Milliy gvardiya, davlat bojxona qo‘mitasi kuch va vositalari, Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy bo‘linmalari, shuningdek, Jizzax shahri hokimligi hamda o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari ishtirok etdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘quv mashg‘ulotining birinchi kunida shartli jinoyatchilar guruhi Jizzax shahriga kirishga urinayotganligi to‘g‘risida ma’lumot berilgach, shaharga kirish yo‘llari qo‘riqlovga olinib, transport vositalari va fuqarolar tekshiruvdan o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘ulotining ikkinchi kunida ommaviy tartibbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha Markaziy harbiy okrug, Jizzax viloyati IIB, shahar va tumanlar ichki ishlar bo‘limlari, Milliy gvardiya, DXXB, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Jizzax viloyati davlat bojxona va sog‘liqni saqlash boshqarmalari xodimlari bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Kunning ikkinchi yarmida Jizzax shahriga aylanma yo‘llardan kirib kelgan, bir qator obyektlarni portlatishga uringan, qurollangan shartli jinoyatchilarni to‘xtatish va ularni qo‘lga olish amaliyoti o‘tkazildi. Shundan so‘ng sapyorlar tomonidan portlovchi moddalarni zararsizlantirish choralari ko‘rildi. O‘quv mashg‘uloti davomida tergov tezkor guruhi voqea joyida tezkor surishtiruv ishlarini olib bordi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘quv mashg‘ulotining uchinchi kuni shtab a’zolaridan tarkib topgan guruhlar uyma-uy yurib, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga oid profilaktik tadbirlarni o‘tkazdi. Aholiga jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘quv mashg‘ulotining yakuniy bosqichi “Jizzaxdonmahsulotlari” AJda bo‘lib o‘tdi. Bu yerda kuchli zilzila oqibatida yuzaga kelgan ko‘ngilsizliklar va yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikda mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Jumladan, zilzila ostida qolgan fuqarolarni evakuatsiya qilish, jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, elektr va gaz ta’minotini zararsizlantirish, hududni qo‘riqlash va yuzaga kelgan yong‘inlarni bartaraf etish kabi amaliyotlar bajarildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston konditsionerlarni eng ko‘p qaysi davlatga sotayotgani ma’lum bo‘ldi
Sport
“Barselona” transferlari uchun klublardan 142 million yevro qarz
Dunyo
AQSH tarixidagi eng qonli jinoyat, avtomobil sanoatida tub burilish yasagan “Tunuka Lizzi” va ko‘pxotinlikda ayblanib, ushlangan mormonlar yetakchisi. Kun tarixida...