Amerikalik va gonkonglik aktyor hamda sharq yakkakurashlari ustasi Bryus Li butun dunyoni Xitoyning turli jang san’atlari bilan qiziqtira olgan. Big Picture 27-noyabr — aktyorning tug‘ilgan kuni munosabati bilan uning oilaviy arxividan joy olgan ko‘pchilikka noma’lum suratlarini e’lon qildi.

Foto: Big Picture

Tomoshabinlar har doim jangovar qiyofadagi Bryus Lini ko‘rishga o‘rgangan. Shu sababli, bu suratlar noodatiy ko‘rinishi mumkin. Suratlarda aktyor har doim kulib turuvchi va o‘z rafiqasi hamda ikki nafar bolasi bilan baxtiyor bo‘lgan mehribon ota va sevimli er qiyofasida aks etgan.

Bolalikdagi ismi Li Syaolun (“kichkina ajdar”) bo‘lgan Bryus Li o‘z rafiqasi Linda, o‘g‘li Brendon va qizi Shennon bilan birga.

Foto: Big Picture

Aktyor o‘zining bo‘lajak rafiqasi Linda Everi bilan Vashington universitetida tanishgan, o‘shanda Linda 17 yoshda bo‘lgan. Linda ham Bryus Lidan kung-funi o‘rgangan.

Foto: Big Picture

Bryus Li bir muddat o‘z oilasi bilan Gonkongda yashagan. Uning qizi Shennon ham sharq yakkakurashlarining bir nechta turini o‘rgangan.

Foto: Big Picture

Bryus Li jismoniy jihatdan ishonib bo‘lmas darajada kuchli bo‘lgan. U oldinga cho‘zilgan qo‘lida 34 kilogrammli toshni bir necha soniya davomida tutib tura olgan.

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture