• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Ehtiyot bo‘ling, kimyoviy “qurollar”!

    Bugun deyarli hammamiz uy-ro‘zg‘orda turli maishiy kimyoviy vositalardan foydalanamiz. Tozalash, oqartirish, zararkunandalarga qarshi kurashish va boshqa maqsadlarda bunday vositalarni tez-tez xarid qilamiz. Hozir hatto oziqa uchun ishlatiladigan kimyoviy vositalar ham mavjud. Ulardan foydalanishda rioya qilinishi kerak bo‘lgan xavfsizlik choralariga hamma ham e’tibor qaratavermaydi – yorliqni o‘qib chiqishga erinmaydigan odam juda kam.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Lekin maishiy kimyoviy vositalardan foydalanishda xavfsizlik choralariga amal qilish muhim. O‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligi uchun ham bu qoidalarni chetlab o‘tishga urinmang. Quyida biz sizga bu turdagi vositalardan foydalanganda amal qilinishi lozim bo‘lgan xavfsizlik choralari borasida Rossiyaning yetakchi mutaxassislari tavsiyalarini havola qilamiz.

    Maishiy kimyo vositasi yorlig‘ida uning tarkibi aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Unda xlororganik birikmalar, akilbenzolsulfonatlar, etoksillangan alkilfenollar bo‘lmasligi shart.

    O‘zini hurmat qilgan ishlab chiqaruvchi mahsulot yorlig‘ida uning kimyoviy tarkibidan tashqari, albatta, xavfsizlik choralari haqida ham ogohlantirish beradi: kimyoviy vositalar bilan ishlaganda rezina qo‘lqop taqish, ko‘zlarni himoyalash, nafas yo‘llari va teriga kimyoviy faol moddalar tushishidan ehtiyotlanish zarur. Maishiy kimyo mahsulotlarini bolalardan yashirib yurish va ularning qo‘li yetmaydigan joyda saqlash kerak. Maishiy kimyo vositasining changi, tutuni va kukunlari organizmga tushmasligiga e’tibor qaratish lozim, bunday vositalar bilan ishlayotganda, albatta, xonada havo aylanib turishi kerak.

    Valeriy Petrosyan, Moskva davlat universiteti professori.

    Professorning aytishicha, maishiy kimyoviy mahsulot ishlab chiqaruvchilarining ayrimlari xaridorlarning tabiatan xavfsizroq moddalarni sotib olishga moyilligini e’tiborga olib, mahsulot tarkibidagi zararli moddalar nomini niqoblab ko‘rsatishga urinmoqda. Shu sababli ba’zi yorliqlarda xlororganika o‘rniga biologik faol qo‘shimcha yoki akilbenzolsulfonat o‘rniga noorganik sirt-faol modda deya ishlatilgan o‘rinlarga duch kelish mumkin. Bunday yozuvlar odatda kimyodan yaxshi xabardor bo‘lmagan oddiy odamlarni chalg‘itadi va xavfdan ogoh qilmaydi.

    Maishiy kimyo vositalari ishlab chiqaruvchilar agressiv birikmalar o‘rniga ko‘proq tabiiy moddalardan foydalanishga o‘tayotganliklarini ham qayd etish joiz. Masalan, xlor kislotasi o‘rniga limon kislotasi qo‘llanmoqda va hokazo. Xlorli birikmalarni maishiy kimyoda qo‘llashga rasmiy taqiqlar joriy qilinmagan bo‘lsa-da, ishlab chiqaruvchilarning o‘z tashabbusi bilan bunday birikmalarni imkon qadar qo‘llamaslikka bo‘lgan urinish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu asosan maishiy kimyo xavfsizligiga bo‘lgan talabchanlikning ortganligi va OAVda yaxshigina targ‘ibot ishlari olib borilganligi bilan bog‘liqdir. Hozir do‘kon peshtaxtalarida maishiy kimyo mahsulotini sotib olayotgan xaridorlar uning iste’mol muddatidan tashqari tarkibiy xavfsizligiga ham e’tibor qaratishni boshlagan va bu yaxshi, albatta.

    Shu sababli ishlab chiqaruvchilar endilikda mahsulot yorlig‘ida “ishqorsiz modda”, “yashil texnologiya”, “ekologik sof mahsulot” singari reklama-targ‘ibot yozuvlarini keng qo‘llashmoqda. Marketologlar olib borgan tadqiqotlarga ko‘ra, ro‘zg‘orda yaqin dastyor bo‘lgan maishiy kimyo mahsulotlarining bexatarligi uchun o‘rta statistik xaridor qimmatroq tannarxga ham rozi bo‘ladi.

    “Shu sababli ham jahon bozorida maishiy kimyoviy vositalar savdosida so‘ngi yillarda nisbatan xavfsiz, lekin qimmat bo‘lgan yapon va koreys mahsulotlariga talab oshgani ajablanarli emas” — deydi Mendeleyev nomidagi kimyo texnologiyalari universiteti mutaxassisi Veronika Smagina.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Petrosyan yana shuni qo‘shimcha qildiki, hozirda maishiy kimyo ishlab chiqaruvchilar muayyan kimyoviy faol moddaning ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiyasi hamda uning ro‘zg‘orda qo‘llash samaradorligi orasidagi nozik va optimal chegarani topishga asoslangan masalalar ustida bosh qotirishmoqda.

    Veronika Smagina esa maishiy kimyoviy vositalar, asosan, suyuq holda sotiladigan tayyor mahsulot ko‘rinishida namoyon bo‘layotganiga e’tibor qaratgan. Albatta, bu narsa foydalanuvchining o‘zi turli kimyoviy moddalar bilan ishlashiga o‘rin qoldirmasligi (masalan, har xil kukunlarni eritish, qaynatishga hojat yo‘qligi) bilan qulay. Bunday tayyor vositalar biroz qimmat turadi, biroq ularda kukunli havodan nafas olib yuborish, allergik reaksiyalarga mubtalo bo‘lish hamda teri yoki ko‘zga sachrashdan zararlanish singari xatarlar yo‘q. Shu sababdan ham ular so‘nggi paytlarda juda ommalashmoqda.

    Muzaffar Qosimov tayyorladi.

    25.11.2019, 09:46   Izoh (0)   61890
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tailandda yangi turdagi dinozavrning qoldiqlari topildi

    12.11.2019, 04:36

    Gretsiyada fanga noma’lum ilonlarning qoldiqlari topildi

    08.11.2019, 08:36

    Yer yuzida tiriklik belgisi bo‘lmagan joy nomi e’lon qilindi

    04.11.2019, 15:37

    Olimlar makedoniyalik Iskandarning o‘limi sababini aniqladi

    25.10.2019, 19:57

    Olimlar zilzilani 5 kun oldin aniqlash yo‘lini topdi

    24.10.2019, 14:41

    Everest balandligini qayta o‘lchab ko‘rishmoqchi. Tog‘ zilzilalar natijasida cho‘kkan bo‘lishi mumkin

    16.10.2019, 08:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45

    YouTube endilikda sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoroliklarga pul to‘lamaydi

    Layfstayl | 12 iyul, 11:35

    “Real Madrid” 100 mln yevroga futbolchi xarid qilmoqchi

    Sport | 12 iyul, 11:25

    AQSH Senati komiteti Ukrainaga 500 mln dollar yordam ko‘rsatishni ma’qulladi

    Dunyo | 12 iyul, 11:05

    Pavel Durov o‘z muvaffaqiyatining sirini ochdi

    Layfstayl | 12 iyul, 10:45

    “Barselona” asosiy e’tiborini Reshford transferiga qaratadi

    Sport | 12 iyul, 10:35

    O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.