Vladimir Zelenskiyning qiyofadoshi asli o‘zbekistonlik Umidjon Usaboyev Rossiyada komediya janrida suratga olinadigan filmda Ukraina prezidenti obrazini gavdalantiradi. Bu haqda Mash xabar berdi.

Foto: Mash

Umidjon Usaboyevning suratlari yozda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. Uni metroda kimdir suratga olib, tarmoqlarga joylashtirgan edi.

Oktabr oyida rossiyalik jurnalistlar Umidni topdi. U asli o‘zbekistonlik bo‘lib, Moskvada oilasi bilan yashashi va mashinalarni bo‘yash bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi.

Umid Isaboyevning aytishicha, bir necha Rossiya telekanallarida chiqqanidan so‘ng uning hayoti o‘zgarib ketgan.

“Birinchi intervyudan so‘ng ko‘p narsa o‘zgardi. Ko‘chada odamlar men bilan suratga tushishni so‘ray boshladi. ‘Siz bilan selfi tushsam maylimi?’ deb so‘rashadi. Taniqli prodyuser bosh rol uchun shartnoma taklif qilyapti”, — deydi Umid.

Isaboyev Rossiyaning Ukraina haqidagi to‘rt qismli filmida suratga tushadi. Umid ssenariyni o‘qib chiqqan va Zelenskiy obrazini gavdalantirishga rozi bo‘lgan.