Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasida 9-noyabr, shanba kungi bir nechta o‘yinlar o‘z nihoyasiga yetdi.

Foto: Twitter

Zinedin Zidan boshchiligidagi “Real” jamoasi “Eybar” maydoniga safar qildi va yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvning 17-daqiqasida Karim Benzema jamoasining uzoq davom etgan hujumini muvaffaqiyatli yakunlab hisobni ochdi.

20-daqiqada Eden Azarga ishlatilgan qo‘pollik uchun belgilangan penaltini Serxio Ramos aniq bajargan bo‘lsa, oradan ko‘p vaqt o‘tmay yana bir 11 metrlik jarima zarbasini Benzema gol bilan yakunladi.

61-daqiqada Federiko Valverde Luka Modrichning uzatmasidan so‘ng kuchli zarb bilan darvozani aniq nishonga olgan holda madridliklarning to‘rtinchi golini urdi.

Shu tariqa ushbu g‘alabadan so‘ng “Qirollik klubi” ochkolarini 25 taga yetkazgan holda peshqadamga aylandi.

La Liga

13-tur bahslari

9-noyabr, shanba

“Alaves” — “Valyadolid” 3:0

Gollar: 1:0 — 26 Xoselu, 2:0 — 32 Pina, 3:0 — 75, penalti Lukas Peres.

“Valensiya” — “Granada” 2:0

Gollar: 1:0 — 74 Vass, 2:0 — 90 Ferran Torres.

“Eybar” — “Real Madrid” 0:4

Gollar: 0:1 — 17 Benzema, 0:2 — 20, penalti Ramos, 0:3 — 29, penalti Benzema, 0:4 — 61 Valverde.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!