Dunyodagi eng noyob poyezlardan biri hisoblangan Yaponiyaning eng qimmat Siki-Shima sayyohlik poyezdi kuzatish maydonchalari, xususiy kvartiralar va yuqori darajali restoranlar bilan jihozlangan.

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Bu yerda eksklyuziv platformaga o‘tishdan oldin maxsus dam olish zalida hordiq chiqarish mumkin. Keyin esa Yaponiyaga unutilmas 3 kunlik sayohat boshlanadi.

Foto: Big Picture

Bundan tashqari, poyezdda 2 qavatli kupe joylashgan bo‘lib: pastda yotoqxona va  yuqorida mehmonxona mavjud. Bunday kupening narxi 10 ming dollargacha yetadi.

Foto: Big Picture

Mazkur poyezd Siki-Shima yoki Fasllar oroli deb ataladi. Bu nom yaponlarning mag‘rurligi ramzi bo‘lib, quyosh mamlakati — Yaponiyada to‘rt mavsumning qanchalik chiroyli ekanligini aks ettiradi. Shuning uchun ham har bir mavsum uchun maxsus vagonlar ishlab chiqilgan.

Ekspress 10 ta vagondan iborat bo‘lib, 34 kishi qulay tarzda joylashishi mumkin. Poyezdda jami 17 ta: 2 katta va 15 kichik xona mavjud. Sayohat davomida yo‘lovchilar uchun uchun eng qulay sharoitlar yaratilgan: poyezdda haqiqiy vannalar, restoran vagonlari, panoramali derazalar va shisha shiftli vagonlar mavjud.

Foto: Big Picture

Birinchi va oxirgi vagonlardagi panoramali derazalar Yaponiyaning ajoyib manzaralaridan bahramand bo‘lish imkonini beradi.

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Sayohat odatda yo‘nalishga qarab 3—4 kun davom etadi. Shu vaqt davomida Yaponiyaning tarixiy va dam olish joylarini ko‘rish va tashrif buyurish mumkin.

Poyezd birinchi marta 2017-yilning may oyida ilk safarini amalga oshirgan va kutilgan mashhurlikka erishgan. Ushbu sayohat chiptalari bir yil oldin sotib olingan.

Foto: Big Picture

Qizig‘i shundaki, vagonlarni bezashda an’anaviy yapon materiallari — yog‘och, yapon qog‘ozi va maxsus lak ishlatilgan. Dizaynerning fikricha, sayyohlar sayohat davomida o‘zlarini Yaponiyaning noyob o‘rmonida yurgandek his qilishi kerak.

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Barcha xodimlar uchun ijodiy direktor Naoki Takizava (Naoki Takizawa) tomonidan maxsus kostyumlar yaratilgan.

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture