2019-yil iyun oyida Golden House kompaniyasi Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasidagi Novza turar-joy kompleksini qurib bitirgan edi.

Novza turar joy kompleksi — yangi uy sotib olmoqchi bo‘lgan hamda qurilishi qachon tugarkin deb kutishni xohlamaydiganlar uchun ideal variant. Bundan tashqari, tayyor kompleksda obyektning sifatiga baho berish juda ham qulay.

Kompleks foydalanishga topshirildi, kadastrga ega bo‘ldi va unda aholi yashab kelmoqda. Loyiha juda ham omadli bo‘ldi, ayni paytga kelib 202 ta kvartiradan faqatgina 16 tasi qoldi, xolos.

Kompaniya bo‘lajak xaridor uchun nima taklif qiladi?

  • Qulay joylashuv va rivojlangan infrastruktura;
  • Shinam va ko‘kalamzorlashtirilgan hovli;
  • Yer usti va yer osti avtomobil to‘xtash joylari;
  • Kompleksi hududida barbekyu zonasi, o‘rindiqlar va bolalar maydonchasi mavjud;
  • Kompleksga xizmat ko‘rsatuvchi MMG kompaniyasidan tunu-kun qo‘riqlash xizmati;
  • Kvartira dizaynini ishlab chiqish sovg‘a.

Hozir qanday kvartiralar qolgan?

3-xonali maydoni 105m² dan 112 m² gacha

4-xonali maydoni 123 m² dan 261 m² gacha

Mansardali kvartiralar maydoni 121m² dan 174m² gacha

Pentxaus maydoni 323 m²

Har kuni 9:00dan 18:00gacha kompleks hududida xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya xodimlari ishlashadi, ular sizni kompleks bilan tanishtirib chiqishlari mumkin.

Sotuv bo‘limi telefon raqami: (+998) 78−150−11−11

Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 1.

Mo‘ljal: “Novomoskovskaya” turar joy kompleksi

So‘nggi variantlar haqida batafsil: http://gh.uz/novza

Telegram-bot

Telegram-kanal

Facebook

Instagram

Reklama huquqi asosida.