5—6-noyabr kunlari Yevropa Chempionlar Ligasining 4-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter

UEFA tur yakunlaridan so‘ng haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxati ma’lum qilindi.

Haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar:

Rodrigo Goes (“Real”) — “Galatasaroy”ga qarshi o‘yinda (5:0) uchta gol va bitta golli uzatma

Ashraf Hakimi (“Borussiya D”) — “Inter”ga qarshi o‘yinda (3:2) ikkita gol

Keylor Navas (PSJ) — “Bryugge”ga qarshi o‘yinda (1:0) to‘rtta seyv

Son Hyon Min (“Tottenhem”) — “Srvena Zvezda”ga qarshi o‘yinda (4:0) ikkita gol va bitta golli uzatma

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!