“Everton” yarim himoyachisi Andre Gomesh shifoxonadan chiqdi. Bu haqida mersisaydliklar matbuot xizmati ma’lum qildi.
Avvalroq portugaliyalik futbolchi jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgani va u muvaffaqiyatli o‘tgani ma’lum qilingandi.
“Muvaffaqiyatli operatsiyadan keyin Andre Gomesh shifoxonadan chiqdi. Gomesh klub shifokorlari nazorati ostida muolajalarni davom ettiradi”, — deyiladi klub bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, Gomesh Angliya chempionati 11-turi doirasida “Tottenhem”ga qarshi kechgan bahsda Son Hyon Minning qo‘polligidan so‘ng Serj Oriyega borib to‘qnashgan va buning natijasida jiddiy jarohat olgandi.
Shundan keyin Son to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq ko‘rilgandi. “Tottenhem” mazkur qizil kartochka yuzasidan apellyatsiya berdi. Angliya futbol assotsiatsiyasi bu e’tirozni inobatga oldi va Sonning qizil kartochkasini bekor qildi.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)