Twitter’dagi Skott Villhayt (Scott Willhite) ismli foydalanuvchi Kolorado shtatidagi o‘z hovlisida qorda koptok o‘ynayotgan ayiqning videosini ijtimoiy tarmoqqa yukladi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Ayiq qorda sirpanchiq uchib zavq bilan to‘p o‘ynashda davom etgan va kamerada o‘zini tasvirga tushirayotgan odamga ahamiyat ham bermagan.

“Endi yangi futbol to‘p sotib olishimizga to‘g‘ri keladi. Ayiqning baxtiyorligini qarang!” — degan mazmunda videoga izoh qoldirgan Skott.

Avval Rossiya federatsiyasining Kareliya respublikasida sirk tomoshasi vaqtida ayiqning o‘z egasiga kutilmaganda hujum uyushtirgani, natijada tomoshaga kelgan bolalar va ularning ota-onalari vahima hamda qo‘rquv bilan zalni tark etgani va ayiq ishtirokidagi ushbu nomer gastrol tomoshalarida boshqa namoyish etilmasligi xabar qilingandi.