Rossiyaning Primorye o‘lkasida yo‘lbars hujumiga uchragan ovchi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Hududdagi huquqni muhofaza qilish xodimlaridan biri yo‘lbarsning Krounovka qishlog‘i yaqinida erkakka hujum qilgani va ovchining o‘z miltig‘idan havoga bir nechta o‘q uzib yirtqich changalidan qutulib qolganini ma’lum qildi. Ovchi shifoxonaga yotqizilgan.
Politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, jabrlanuvchining qurol olib yurish va ov qilishga ruxsatnomasi bor. Bu borada tergov-surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.Avval Rossiyadagi sayyor-sirk tomoshasi vaqtida ayiqning hayvon o‘rgatuvchiga hujum qilgani, shuningdek, AQShda yarador bug‘uning o‘zini o‘lganga solib yakunda ovchini halok etgani xabar qilingandi.
Izoh (0)