Shotlandiya sharqida hayvonot olami himoyachilari oq rangdagi olmaxonning suratini olishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar berdi BBC.
Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, olmaxonning rangi kulrang emas, balki qizil tusda. Sababi olmaxonning quloq suyaklarida kulrang pigment ko‘zga tashlanmagan.
Olmaxonni Shotlandiya shimoli-sharqidagi qizil olmaxonlarni asrash va ularni ko‘paytirish targ‘ibotini amalga oshiruvchi ekologiya faollari o‘rmonda uchratib qolgan. Endi ular olmaxonning haqiqatan ham ko‘zlarining rangi qizil bo‘lgan albinos turiga mansub yoki mansub emasligini aniqlashi lozim.
“Biz sifatli suratlarni qo‘lga kiritish uchun bir nechta joyga maxsus kameralarni joylashtiramiz. Nima bo‘lganda ham bu olmaxonlarning kamyob va antiqa turi”, – deydi ekolog Gven Maggs.
“Odatda o‘rmonlarda oq rangli chumchiq, qarg‘a, zag‘izg‘on va hatto tipratikanlarga ham duch kelish mumkin. Lekin ular haqiqiy albinoslar emas”, – deya ta’kidlagan Shotlandiya shimoli-sharqiy bioxilma-xillik koordinatori Aleks Styuart.
Izoh (0)