• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    4-noyabr – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil topgan kun

    1943-yilning ushbu sanasida yurtimizning eng oliy ilmiy muassasasi – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil etilgan edi. Ikkinchi jahon urushi eng avj pallasida bo‘lishiga qaramay, o‘sha yillari, matematik olim Toshmuhammad Qori-Niyoziy boshchiligida yurtimizning eng kuchli olimlarini va ilmiy dargohlarini birlashtiruvchi ushbu oliy akademik tashkilot, Toshkentda o‘z faoliyatini boshlagan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Aslini olganda, Fanlar akademiyasi tarixi undan-da avvalroqdan boshlanadi. Chunonchi, 30-yillarda Respublikada faoliyat yuritayotgan 50 dan ziyod turli ilmiy tadqiqot muassasalarining boshini birlashtirish va ilmiy ishlanmalarning yagona muvofiqlashtirilgan boshqaruvini tashkil qilish maqsadida, 1932-yilda hozirgi fanlar akademiyasining o‘tmishdoshi – Respublika Fan qo‘mitasi tashkil qilingan. O‘shanda, Fan qo‘mitasi rahbarligiga atigi 27 yoshli adabiyotshunos olim Otajon Hoshimov saylangan. Fan qo‘mitasi ilk tashkil qilingan vaqtda uning tarkibiga Kitob astronomik rasadxonasi, Samarqand seysmologik stansiyasi, Geliotexnika laboratoriyasi, Davlat kutubxonasi va kitob palatasi kirgan. O‘shandayoq, Fan qo‘mitasi oldiga, yaqin kelajakda O‘zbekiston Fanlar akademiyasini tuzish vazifasi qo‘yilgan edi.

    Keyingi yillarda olib borilgan izchil ilmiy va tashkiliy ishlar natijasi o‘laroq, oradan atigi 11 yil o‘tib, ya’ni, 1943-yilning 27-sentabrida, Toshkentda O‘zbekiston Fanlar akademiyasini tashkil qilish haqida qaror qabul qilingan. Akademiyaning ochilishi o‘sha yilning 4-noyabr sanasida tantanali ravishda tashkillangan. O‘shanda, Fanlar akademiyasi tarkibiga 10 ta ilmiy tadqiqot institutlari birlashgan edi. Dastlabki paytdayoq, Fanlar akademiyasida 100 nafardan ziyod fan doktori va fan nomzodlari faoliyat ko‘rsatgan. Fanlar akademiyasining birinchi Prezidenti yuqorida aytilganidek, Qori-Niyoziy bo‘lgan bo‘lsa, shuningdek, uning haqiqiy a’zolari sifatida yozuvchilardan G‘ofur G‘ulom, Oybek (Muso Toshmuhammedov), fizik olim Sulton Umarov, biolog Rixard Shryoder, matematiklar Vsevolod Romanovskiy va Toshmuhammad Sarimsoqov, shuningdek, etnograf olim Mixail Andreev, irrigatorlar Askochenskiy va Poslavskiylar bo‘lishgan.

    Aytish joizki, hali qatag‘on sharpasi ketmagan o‘sha 40—50 yillarda, jamiyat hayotining hamma jabhasida bo‘lgani singari, Fanlar akademiyasida ham barcha narsani Stalin nomi bilan bog‘lash, sof ilmiy mazmunga ega ishlardan ham ideologik kontekst yasash zarurati singari ilmga zid talablar qurshovida ishlashga majbur bo‘lishgan. Ziyoli qatlam hali hamon tahdid ostida yashashga majbur edi. Shunga qaramay, Fanlar akademiyasi, o‘z ilmiy salohiyati va ayniqsa, uning asosi bo‘lgan kuchli intellektual kadrlarni saqlab qola oldi.

    Mustaqillikkacha bo‘lgan yillarda Fanlar akademiyasining faoliyatida yadro fizikasi va Quyosh fizikasi, paxtachilik, irrigatsiya va kimyo fanlari sohalarida katta ishlar qilindi. O‘sha yillari akademiyaga Toshmuhammad Sarimsoqov, Tesha Zohidov, Habib Abdullayev, Ubay Orifov, Obid Sodiqov, Po‘lat Habibullayev va Mahmud Salohiddinovlar rahbarlik qilishgan. Bu davrda Fanlar akademiyasiga qarashli ilmiy tadqiqot institutlarida yarimo‘tkazgichlar fizikasi, kosmik nurlar, qattiq jism fizikasi, paxtachilik, geliotexnika, kriogenika, organik va noorganik kimyo va boshqa qator fan sohalarida salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritilgan.

    Mustaqillikning dastlabki yillarida, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilk Prezidenti matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori, akademik Mahmud Salohiddinov bo‘ldi. Keyingi yillarda esa, Jo‘ra Abdullayev (texnika fanlari doktori), To‘xtamurod Jo‘rayev (fizika-matematika fanlari doktori), Tohir Oripov (biologiya fanlari doktori) va Shavkat Solihovlar (bioorganik kimyo) akademiyaga rahbarlik qilishdi. Hozirda, 2017-yildan buyon Respublikamiz Fanlar akademiyasiga fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori, akademik Behzod Yo‘ldoshev rahbarlik qilib kelmoqda (Behzod Yo‘ldoshev avval ham, 2000-2005 yillarda Fanlar akademiyasiga rahbarlik qilgan).

    Hozirda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tarkibida 95 nafar haqiqiy a’zo faoliyat ko‘rsatmoqda. Akademiya tarkibida fizika-matematika va texnika fanlari bo‘limi; tabiiy fanlar bo‘limi, hamda ijtimoiy gumanitar fanlar bo‘limlari mavjud bo‘lib, ular o‘z ichiga qator ilmiy-tadqiqot muassasalari, institutlar va muzeylarni qamrab olgan. Akademiyaning uchta mintaqaviy bo’limi – Qoraqalpog‘iston, Xorazm Ma’mun akademiyasi va Navoiy mintaqaviy bo’limlari mavjud.

    O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tarkibiy muassasalarida so‘ngi yillarda erishilgan salmoqli ilmiy-texnik yutuqlar borasida so‘z borganda, qator yangi turdagi radiopreparatlar yaratilgani, yuqori sifatli aviatsiya yoqilg‘isi, paxtaning yangi navlari, mineral o‘g‘itlarning yuqori samarador turlari olinganini e’tirof etish mumkin. Akademiya qoshida 20 ta ilmiy nashrlar chop etilmoqda.

    Bugun, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi o‘zining 76 yilligini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan, yurtimizning eng yuqori ilmiy-intellektual dargohi bo‘lmish ushbu muassasa jamoasini, qolaversa, ilm-fan sohasida faoliyat yuritayotgan barcha olim va izlanuvchilarni tabriklaymiz. Akademiya O‘zbekiston uchun yuksak ilmiy yutuqlar va intellektual salohiyatli kadrlar generatori bo‘lib xizmat qilaversin!

    04.11.2019, 16:01   Izoh (0)   26124
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.