Rossiyaning Naxodka shahri yaqinida tanker portladi. Ekipajning 3 nafar a’zosi halok bo‘lgan
Uzoq Sharqda, Rossiyaning Naxodka shahri yaqinida “Amerika ko‘rfazi” tankerida portlash ro‘y berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Portlash oqibatida 3 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Tankerda jami 9 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Tergov taxminiga ko‘ra, portlashga kemadagi gaz-havo aralashmasi sabab bo‘lgan. Hodisa chog‘i unda yuk bo‘lmagani va tanker neft mahsulotlari qoldig‘idan himoyalangani bildirilgan.
Voqea joyiga ikki qutqaruv buksiri yuborildi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar