Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 2020-yil 1-yanvardan boshlab to‘y-marosimlarda ikkitadan ortiq xonanda (musiqiy guruh)ning ishtirok etishi mumkin emas, biroq bu borada san’atkorlarning ham fikrini eshitish, ularni ham rozi qilish maqsadga muvofiq. Bu fikr senator Iqbol Mirzo tomonidan bildirildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Iqbol Mirzo.

Iqbol Mirzo.
Foto: “Daryo”
To‘y marosimlariga ko‘pi bilan ikki xonandaning kelishi bilan bog‘liq cheklov masalasida qo‘shiqchilarning ham fikrini eshitib, ularning roziligini ham olish kerak — balki ulardan ham jo‘yali taklif chiqib qolar?! Masalan, xonanda har bir borgan to‘yidan soliq to‘lasin, degan masalalar ko‘tarilyapti.

San’atkorning darajasiga qarab, to‘lov kategoriyasi — davlatga to‘laydigan boji bor. Eng mashhur qo‘shiqchilar ham juda katta pul to‘lamaydi aslida. Havaskorlar uchungina imtiyozlar bor. Xalq artisti “O‘zbekkonsert”ga bir yilda 22 million so‘m atrofida to‘lov qilishi kerak. Shu pulni ba’zi xonandalar yarimta to‘yda topadi. Lekin shuncha pul topsa ham, bojni to‘lagisi kelmaydi.

Ozodbek Nazarbekov ham shu pulni to‘laydi, Farg‘onada ijod qiladigan xalq artisti ham shuncha to‘laydi. Unvonlar bir xil bo‘lgani bilan to‘yga borish haqi har xil. Farg‘onadagi qo‘shiqchi bitta to‘yga 100 dollarga boradi — shuning uchun u pulni to‘lamay, “O‘zbekkonsert”dan qochib yuraveradi.

Men bir paytlar yillik to‘lov qiymatini pasaytirib, arzon qilishni taklif qilgan edim. Lekin bu narsa amalga oshmadi.

Iqbol Mirzo, senator

2019-yil oktabri boshida O‘zbekiston Senati To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risidagi nizomni e’lon qilgan edi. Nizom talablarini buzgan to‘y egalari bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari (1 noyabr holatiga ko‘ra — 2,23 million so‘m), to‘yxona egalari esa 30 baravari (6,69 million so‘m) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

Avvalroq senator Iqbol Mirzo dabdabali to‘y qilayotganlarni xalq oldida sharmanda qilishni taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatildi
Mahalliy
Toshkentdagi gaz zapravkalari vaqtinchalik yopilmoqda