Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda 369-sonli “Novosibirsk—Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi vagon kuzatuvchisi va yo‘lovchi o‘rtasidagi audioyozuv tarqaldi.

Unda Rossiyada ishlab qaytayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan “chegaradan bosh og‘riqsiz o‘tkazib qo‘yish” uchun pul yig‘ilayotgani aytilgan. Vagon kuzatuvchisi yig‘iladigan 1000 rubl Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarachilariga berilishini ta’kidlagan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadordik jamiyati matbuot xizmatining xabar berishicha, voqelikni atroflicha o‘rganish yuzasidan tezkor ishchi guruh tuzildi. Ayni vaqtda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori boshchiligidagi ishchi guruh dastlabki o‘rganish ishlarini boshlagan.

Qayd etilishicha, “Novosibirsk—Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan ushbu yo‘lovchi poyezdi 30-oktabr, chorshanba kuni Toshkent Markaziy vokzaliga yetib keladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi