Belgiyalik fermer vazni 1 tonna bo‘lgan ulkan qovoq yetishtirishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu sabzavot Germaniyaning Ludvigzburg shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro qovoqlar festivalida namoyish etildi, deb xabar bermoqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” axborot dasturi.

Bu tadbir har yili o‘tkaziladi va unda dunyoning turli burchaklarida yetishtirilgan ulkan qovoqlar namoyish etiladi.

Joriy yilda festivalga belgiyalik fermer tomonidan olib kelingan qovoq dunyoning eng ulkan qovog‘i sifatida qayd etilgan hamda rekord o‘rnatgan.