Android yaratuvchilaridan biri va Essential kompaniyasi asoschisi Endi Rubin (Andy Rubin) o‘zining Twitter’dagi sahifasida uzunchoq ekranli smartfon namoyish etdi, deb xabar berdi TJournal.
Uning tashqi ko‘rinishi smartfondan ko‘ra ko‘proq televizor pultiga o‘xshab ketadi.
Essential vakili kompaniya yangi model ustida ishlayotgani, bu dastlabki sinov bosqichida yangi qurilma ekanligini tasdiqlagan.
2017-yilning may oyida Rubin o‘zining Essential Phone rusumli ilk smartfonini taqdim qilgan edi. Ushbu smartfon romsiz ekrani va magnit yordamida gadjetga birikuvchi qator aksessuarlari bilan o‘ziga xos edi.
Suratdan ko‘rinishicha, smartfon interfeysi uzunchoq ekranga moslashgan. Smartfon korpusining o‘ng tomonida ovozni balandlatish/pastlatish hamda qurilmani o‘chirib-yoqish tugmachalari bor. Shuningdek, qurilmaning orqa paneli ham ko‘rsatilgan bo‘lib, korpus qaysi burchakdan qaralishiga ko‘ra turli tusda tovlanuvchi metarialdan ishlangan.
https://twitter.com/i/status/1181688540540764160