Qandolatchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida deyarli yangi brend bo‘lishiga qaramay Crafers bozordagi raqobatdoshlaridan sezilarli ravishda o‘zib ketdi. Bugun kompaniyaning tug‘ilgan kunida bir yil mobaynida bajarilgan vazifalar va erishilgan yutuqlarni esga olmoqchi bo‘ldik.

2018-yilning 5-oktabrida O‘zbekiston Respublikasida Crafers — birinchi yirik qandolatchilik fabrikasining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Milliy qandolatchilik mahsulotlari dastlab Toshkent shahri bo‘yicha keyin esa mamlakatimizning barcha mintaqalari bo‘yicha tarqatilishi yo‘lga qo‘yildi. Hozirgi kunda fabrika 155 turdan ziyod qandolatchilik mahsulotlarini ishlab chiqaradi, ular respublikamiz va MDH mamlakatlari bozorlarida muvaffaqiyatli sotilmoqda.

2018-yilning 26-oktabrida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Crafers fabrikasiga tashrif buyurdi. Fabrika bilan tanishib chiqqan mamlakat rahbari yangi korxona ishga tushganligi davlatimizga olib kiriladigan qandolatchilik mahsulotlari importini qirq foizga qisqartirishga imkon berganligini ta’kidlab o‘tdi, shuningdek, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, bunday fabrikalar sonini ko‘paytirish, import qilinadigan boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishini lokalizatsiya qilish borasida topshiriqlar berdi.

2018-yilning 14-noyabridan boshlab Crafers brendi Sweet House firma do‘konlarini ochishni boshladi. Hozirda respublika bo‘yicha 63 ta rasmiy do‘konlar faoliyat yuritayotgan bo‘lib, yana 4 nafari qo‘shni davlatlar Qozog‘iston va Qirg‘iziston respublikalarida faoliyat ko‘rsatmoqda. Rasmiy do‘konlardan tashqari, Crafers  Korzinka.uz, Makro, Arba.uz, LeBazar va boshqa respublikamizning yirik savdo markazlari bilan qandolatchilik mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha samarali ishlab kelmoqda.

2018-yilning 14-dekabrida qardosh mamalakat — Qirg‘izistonga ilk marotaba eksport amalga oshirilgan.  Hozirgi kunga kelib bo‘lsa Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston, Litva, Estoniya, Turkmaniston va Rossiya Federatsiyasiga eksport amalga oshirilmoqda. Bir yillik ish mobaynida 414 tonnadan oshiq mahsulot eksport qilingan bo‘lib, 10 dan ziyod xalqaro ko‘rgazma va forumlarda ishtiroki qayd etilgan. Crafers qandolatchilik fabrikasining direktori — Azizxon Amilov fabrika davlatlar o‘rtasidagi mahsuldor munosabatlarni rivojlanishi uchun doimo mehnat qilishi va oliy maqsad yo‘lida o‘z hissasini qo‘shishini ta’kidladi.

2018-yilning dekabrida Crafers tarixida birinchi bor marshmellou shirinligi bilan bezatilgan 10 metrli o‘zgacha archani o‘rnatdi. Vatandoshlarimizni yorqin chiroqlari bilan quvontirgan archa hamma uchun a’lo darajali fotohududga aylandi va Toshkent aholisiga Yangi yil kayfiyatini ulashdi.

2019-yilning yanvarida Crafers qandolatchilik fabrikasi Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan “Prodekspo 2019” 26-chi xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etdi va “2019-yilning eng yaxshi mahsuloti” nominatsiyasida Premium plitkali shokoladi va maydalangan yong‘oqli plitkali shokoladi uchun medal bilan taqdirlandi.

2019-yilning aprelida Crafers  19-chi UzFood 2019 ko‘rgazmasida eng yaxshi ko‘rgazmali stend uchun taqdirlandi, so‘ngra Adweek 2019 marketing va reklama haftaligi doirasida XMM a’zolari va ekspertlari o‘rtasidagi onlayn ovoz berish asosida 68% ovoz yig‘di va O‘zbekiston bozorida muvaffaqiyatli marketing amaliyotini amalga oshirayotgan eng faol kompaniya deb tan olindi, bu uchun marketing markazining faxriy haykalchasi va diplomi bilan taqdirlandi.

Crafers shirinliklari millionlar yuragini zabt etishga ulgurdi va 2019-yilning aprelidan boshlab Crafers 5-sinfdan yuqori bo‘lgan maktab o‘quvchilari uchun qiziqarli ekskursiyalarni tashkil eta boshladi. Mazkur ekskursiyalar bepul o‘tkaziladi va har bir o‘quvchi Crafers dunyosiga sho‘ng‘ib, barchaga mashhur bo‘lgan qandolatchilik mahsulotlari qanday ishlab chiqarilishini ko‘rishi mumkin. Bugungi kunga kelib Crafersda 1400 dan ziyod o‘quvchilarning tashrifi qayd etilgan bo‘lib, ko‘pchilik bolalar ekskursiya ajoyib tarzda o‘tganini ta’kidlab uni alohida tabassum bilan eslashadi.

Crafers qandolatchilik fabrikasi ISO 9001:2015 “Sifat menejmenti tizimi” va ISO 22000:2005 “Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizlik menejmenti tizimi” xalqaro standartlari bo‘yicha sertifikatsion auditdan muvaffaqiyatli o‘tib, 2019-yilning may oyida oltin sertifikatga ega bo‘ldi.

Sertifikatsiyaga tayyorlanish qandolatchilik fabrikasining rahbari — Azizxon Amilovning tashabbusi bo‘yicha loyihaning sarchashmasidan boshlangan. Qandolatchilik fabrikasini sertifikatsiyaga joriy etishda va tayyorlashda mazkur loyihaning barcha xodimlari ishtirok etgan.

Eng ajoyib yutuq esa — Halol sertifikatini olish bo‘ldi.

Kompaniya o‘tkazilgan ko‘plab tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tdi va mahsulotining barcha mavjud pozitsiyalari bo‘yicha Halol Sertifikatiga ega bo‘ldi, u mahsulot “Halol mahsulotni ishlab chiqarish, tayyorlash, ishlov berish, saqlash, tashish va realizatsiya qilishga bo‘lgan umumiy talablar 3:2006” standartining talablariga mos kelishini tasdiqlaydi.

Maxsus sanani kompaniya boshqacha nishonlashga qaror qildi, Crafers jamoasi Bo‘kadagi 15-sonli, Chirchiqdagi “Mehribonlik-14”, Piskent shahridagi 79-sonli bolalar internati va Sirdaryo viloyatining “Bolalar shaharchasi” kabi mehribonlik uylarida va maktab-internatlarida shodli bayramlarni uyushtirib, barcha bolalarga quvonch va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladilar.

Ko‘pgina mutaxassislar uchun yagona uyga aylangan Crafers fabrikasi barcha xalqaro talablarga javob beradigan qandolatchilik mahsulotlarini keng ko‘lamda ishlab chiqarilishini ta’minlab, O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shishi uchun Azizxon Amilov rahbarligida tinimsiz mehnat qilmoqda.

Murojaat uchun tel:

+998(71) 207 7 207

www.crafers.uz

Instagram: @crafersuz

Facebook: @crafersuz

Reklama huquqi asosida.