• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Navoiyning Shveysariyasi. Sintob qishlog‘idan fotoreportaj

    Yaqinda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan OAV vakillari va turistik agentliklar uchun  Navoiy va Buxoro viloyatlariga infotur tashkil etildi. Unda “Daryo” muxbiri Xonzodabegim A’zamova qatnashdi. U Navoiyning Sintob qishlog‘ida bo‘lib, o‘ziga xos maskan haqida reportaj tayyorladi.

    Ilk manzilimiz Navoiy viloyati bo‘ldi. Dastlab Nurotaning Sintob qishlog‘iga bordik. Qishloqqa soat 21:00 dan keyin borganimizgami, yoki atrof zim-ziyoligigami, bilmayman, xayolimda “qishloqning nimasi qadimiy? Nega o‘zi bu yerga keldik?”, degan savollar tug‘ildi. Lekin ertasiga qishloqni yana tomosha qilish maqsadida bordik.

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

    Qishloqqa kirib borar ekansiz, bir tomonda chang-to‘zon, bir tomonda esa xuddi bahordek yam-yashillikka guvoh bo‘lasiz. Go‘yo ikki fasl bir qishloqda uyg‘unlashgandek.

    Yo‘lboshchi Sintobning qadimiy obidalarini ko‘rish uchun ikki kilometr yuqoriga chiqish kerak degandi. Ammo qishloqning maydoni juda katta ekan. Aylanamiz deb naqd 14 kilometr piyoda yuribmiz.

    Yo‘l-yo‘lakay “Sintob” MFY raisi Murod Mirzayevdan qishloq haqida qiziqarli ma’lumotlar bilib oldim.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qishloq Nurotadan taxminan 120 kilometr uzoqlikda joylashgan. Mahalla raisining aytishicha, “sintob” so‘zi sanskrit tilidan olingan bo‘lib, “katta soy” degan ma’noni anglatadi.

    Tog‘li hudud bo‘lgani uchun sel ko‘p keladi. Shunga moslab, sintobliklar uyini toshlardan qurgan. Aholisi 2 200 dan ziyod. Asosiy daromadi chorvachilik. Odatda transport va dastyor sifatida eshaklardan foydalanishadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Murod akaning aytishicha, qishloqda o‘nta avliyoning ziyoratgohi bor ekan.

    Sintobga ilk sayyoh 2006-yilda Niderlandiyadan kelgan. Keyinchalik yevropalik turistlar oqimi kuchaygan. Boshqa obidalar qatori sayyohlarni Chashmai akko muqaddas bulog‘i (Sintob ko‘li)  ko‘proq qiziqtirarkan. Ayni paytda qishloqda o‘ndan ortiq mehmonxonalar bor. Mehmonxonalarning ham hammasi tosh va yog‘ochdan qurilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Nurotadan qishloqqacha qatnovchi yengil mashinalar narxi 15-20 ming so‘m. Qoidaga muvofiq, belgilangan tezlikda borilsa, bir yarim soatda manzilga yetib borish mumkin.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qishloq aholisi sodda va samimiy. Tojik tilida gaplashadi. Lekin ingliz, nemis va fransuz tillarini ham oz-moz bilishar ekan.

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmat

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmat

    Yo‘lda chanqab bir hovlini taqillatib suv so‘radim. Qizaloqlar olib chiqib berdi. Suv bahona bo‘lib, onasini (ayolni) suhbatga tortdim. Internet yo‘q, gaz, svet muammo. Odamlar kam. “Qishda bu yerda yashash qiyin emasmi”, deb so‘raganimda ayol:  “Aslida biz bu yerda yashamaymiz. Qishloq bizga sizlarning tilingizda aytganda xuddi dachadek. Faqat issiq kunlari kelamiz. Ekin-tekin qilamiz. Hosilni yig‘ishtirib, yana o‘zimizning uyimizga qaytib ketamiz. Lekin nolimayman, hayotimdan juda manunman” deb javob berdi.

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmat

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmat

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

    Eng qizig‘i, aksariyat navoiyliklar bu qishloq haqida bilmas ekan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mas’ullarning aytishicha, qishloq 2020-yilda turizm qishlog‘iga aylanishi kutilmoqda.

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

    Xullas, infoturga borib Nurotaning bir chetida, shahar shovqin suronlaridan xoli yangi bir dunyoni kashf qildim.

    02.10.2019, 07:43   Izoh (0)   53201
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.