Nestle kompaniyasi Buyuk Britaniyadagi mijozlariga o‘z shaxsiy KitKat shokoladlarini yaratish imkoniyatini taqdim etadi. Foydalanuvchilar 25-dekabrdan ish boshlaydigan KitKat Chocolatory saytiga kirib, 4 shokolad turidan birini tanlab 14 xil qorishmadan 1500 ta’mlar orasidan o‘zlari yeyishni istagan shokoladni buyurtma qilishi mumkin. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Foto: Z&G Branding

“Ushbu tashabbusning  Britaniyada joriy etilayotgani Nestle va 20 yil avval ishlab chiqarilishi boshlangan KitKat Chunky shokoladlari uchun yangilik”,— deyiladi Kompaniya press-relizida.

Bundan tashqari shokolad shinavandalari qadoq bezagini ham tanlashi, shuningdek uyga buyurtmani amalga oshirishi mumkin. Ekslyuziv shokolad narxi plitka uchun 14 funt sterlingni (17 AQSh dollari) tashkil etadi.