Ijtimoiy tarmoqlarda Sport kurashlar assotsiatsiyasi rahbari Salim Abduvaliyevning uyiga uyushtirilgan sayohat tasvirlari tarqaldi. Uy hashamat bilan sharqona usulda bezatilgan, deb xabar beradi “Togri.uz”.

Foto: “Togri.uz”

Salim Abduvaliyev 20 yildan beri Milliy olimpiya qo‘mitasida yuqori lavozimlarda ishlab kelayotgan amaldor. Sport kurashlari assotsiatsiyasi rahbari. Yunon-rum va erkin kurashi yo‘nalishida besh karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan sobiq sportchi.

Videodan ko‘rish mumkinki, saroyga kiraverishda katta tennis korti joylashgan. Uyning ichkarisi naqshinkor qilib bezatilgan. U yerda o‘ziga xos kutubxona ham, turli xil esdalik sovg‘alarni ham ko‘rish mumkin.

Ma’lumot uchun, Salim Abduvaliyev erkin kurash bilan shug‘ullanuvchi sport maktabidan yetishib chiqqan avtoritet. U biznes olamida tanilgan odam. Uning barcha kostyum-shimlari, oyoq kiyimlari, uyi, qarorgohi va dachasidagi barcha mebellari taniqli g‘arb dizaynerlari tomonidan buyurtma asosida tayyorlangan va o‘zining maxsus gerbi tushirilgan.