O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi 19-sentabr kuni Fin ko‘rfazi sohilida O‘zbekiston fuqarosi G.O.ning jasadi topilgani to‘g‘risida qator OAV tarqatgan xabarni tasdiqladi.
“Hozirda Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘lim sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda”, — deya xabar bermoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.
Xabar berishlaricha, bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan, Leningrad viloyati tergov organlari bilan aloqa o‘rnatgan, marhumning jasadini Vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanmoqda.
Izoh (0)