Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasining 1-turi doirasida 19-sentabr, payshanba kuni guruhlarda bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter/@Arsenal

“A” guruhidan o‘rin olgan bahsda Xulen Lopetegi qo‘l ostidagi “Sevilya” jamoasi mehmonda “Qorabog‘”ni sinovdan o‘tkazdi.

O‘yinda Sevilya klubi vakillari Xavyer Ernandes (62), Munir al-Haddodi (78) hamda Oliver Torres (85)ning urgan gollari sevilyaliklarning “Qorabog‘” ustidan yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi va jamoa 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Shu kuni Unai Emeri boshqaruvidagi Londonning “Arsenal” klubi safarda Frankfurtning “Ayntraxt” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuv davomida “to‘pchilar” a’zolari Jo Uillok (38), Bukayo Saka (85) va Pyer-Emerik Obameyang (87) o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa London klubi mehmonda kechgan bahsda “Ayntarxt” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Yevropa Ligasi

1-tur bahslari

19-sentabr, payshanba

“A” guruhi

APOEL—“Dyudelanj” 3:4

Gollar: 0:1 — 36 Sinani, 0:2 — 51 Bernye, 1:2 — 54 Pavlovich, 2:2 — 56, penalti De Vinsenti, 3:2 — 58 Pavlovich, 3:3 — 71 Shtols, 3:4 — 82 Sinani

“Qorabog‘”—“Sevilya” 0:3

Gollar: 0:1 — 62 Ernandes, 0:2 — 78 Munir, 0:3 — 85 Oliver Torres

“B” guruhi

“Kopengagen”—“Lugano” 1:0

Gol: 1:0 — 50 Santos

“Dinamo Kiyev”—“Malmyo” 1:0

Gol: 1:0 — 84 Buyalskiy

“C” guruhi

“Bazel”—“Krasnodar” 5:0

Gollar: 1:0 — 9 Byua, 2:0 — 40 Byua, 3:0 — 52 Dzuffi, 4:0 — 54, avtogol Vilyena, 5:0 — 79 Okafor

“Xetafe”—“Trabzonspor” 1:0

Gol: 1:0 — 18 Rodriges

“D” guruhi

PSV—“Sporting” 3:2

Gollar: 1:0 — 19 Malen, 2:0 — 25, avtogol Koates, 2:1 — 38, penalti Brunu Fernandesh, 3:1 — 48 Baumgartl, 3:2 — 82 Pedru Mendesh

LASK—“Rusenborg” 1:0

Gol: 1:0 — 45 Xolland

“E” guruhi

ChFR—“Latsio” 2:1

Gollar: 0:1 — 25 Bashtush, 1:1 — 41, penalti Dyak, 2:1 — 75 Omrani

“Renn”—“Seltik” 1:1

Gollar: 1:0 — 37, penaltiNyang, 1:1 — 59, penalti Kristi

“F” guruhi

“Ayntraxt”—“Arsenal” 0:3

Gollar: 0:1 — 38 Uillok, 0:2 — 85 Saka, 0:3 — 87 Obameyang

“Standard” — “Vitoriya G” 2:0

Gollar: 1:0 — 66, avtogol Anen, 2:0 — 90 Mpoku

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!