Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning “Likud” partiyasi parlamentda 31 tadan 33 tagacha o‘rinni, uning o‘ng-markazchilar bloki esa 57 tagacha o‘rinni band etishi mumkin. The Jerusalem Post tomonidan saylovchilar orasida o‘tkazilgan uchta so‘rov natijalari shuni ko‘rsatmoqda, deb xabar beradi Meduza.
Beni Gansning “Kahol-Lavan” partiyasi esa parlamentda 32 tadan 34 tagacha o‘rinni, uning so‘l-markazchilari esa 58 tagacha o‘rinni egallashi mumkinligi aytilmoqda.
Bashoratlarga ko‘ra, Netanyaxu ham, Gans ham Knessetda ko‘pchilikni tashkil eta olmaydi: g‘oliblik uchun 120 o‘rindan 61 tasi kerak.
Saylovlarning yakuniy natijalari bugun, 18-sentabr kuni e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Isroil tarixida birinchi bor muddatidan oldingi saylovlar bo‘lib o‘tadi. Saylovlar aprel oyida o‘tkazilgan ovoz berish jarayonlarida Netanyaxu hukumatni shakllantira olmaganidan so‘ng belgilangan edi.