O‘zbekiston bosh prokurorining buyruqlari bilan Surxondaryo va Farg‘ona viloyati prokurorlari o‘zgardi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Shu vaqtgacha Surxondaryo viloyati prokurori sifatida ishlab kelgan adliya katta maslahatchisi Ulug‘bek Qosimov endi Farg‘ona viloyatiga prokurorlik qiladi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Farg‘ona viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan adliya katta maslahatchisi Sadriddin Turdiyev esa Surxondaryo viloyati prokurori etib tayinlangan.