Ohangaron tumanining “Oybuloq” mahallasidan o‘tuvchi “Guliston—Bo‘ka—Angren—Qo‘qon—Andijon—O‘sh” yo‘lining 126-kilometrida 15-sentabr, yakshanba kuni soat taxminan 8:30 da Lacetti yo‘ldan chetga chiqib ketib, ikki piyodani urib yuborgan.

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasidan xabar berishlaricha, hodisa oqibatida piyodalar — Bo‘ka tumanida yashovchi 36 yoshli O‘.A. hodisa joyida, 34 yoshli Sh.N. esa ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, kasalxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Lacetti haydovchisi — Xo‘jaobod tumanida yashovchi 24 yoshli R.R.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.