Rossiyaning Yekaterinburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionati boshlandi.
9-sentabr, dushanba kuni -75 kilogramm vazn toifasida harakat qilayotgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Fanat Qahramonov mo‘g‘ulistonlik Davaanyam Davaasurenga qarshi ringga ko‘tarildi.
Uch raund davom etgan bahsda Qahramonov yaqqol ustunlik bilan (5:0) g‘olib chiqdi. Endi Fanat ikkinchi bosqichni 14-sentabr kuni avstraliyalik Adrian Kammaranoga qarshi o‘tkazadi.
Qolgan o‘zbekistonlik bokschilar ertadan o‘z janglarini boshlaydi.
Yanada ko‘proq boks va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!