“Fiorentina” klubi hujumchisi Federiko Kyeza faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin, deb yozadi Corriere dello Sport.

Foto: Tuttosport

Florensiyaliklar 21 yoshli hujumchi bilan xayrlashmoqchi emas va u bilan shartnomani uzaytirish niyatida.

Ammo Kyezaning xizmatlariga ayni damda “Yuventus” hamda “Inter” jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Fiorentina” esa futbolchini 80 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas.

Federikoning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilgacha mo‘ljallangan. U “Fiorentina”da yiliga 1,8 million yevro maosh oladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!