Rossiyada internetda kontent va reklama ko‘rilishini hisob-kitob qiladigan yagona davlat tizimi yaratilishi mumkin.

Mazkur g‘oya prezident ma’muriyati, sohaga taalluqli mansabdorlar va mediakompaniyalar vakillari tomonidan muhokama etilmoqda. Ular buni TV-auditoriya o‘lchovi va kinoteatrlarda sotilgan chiptalar sanog‘i bilan taqqoslamoqda.

Tizim qanday ma’lumotlarni to‘plashi hozircha ma’lum emas. Manbalarga ko‘ra, gap birinchi navbatda mahalliy teleseriallar va teleshoular haqida ketmoqda.

Shu bilan birga, soliq xizmati internet-reklama namoyishlarini monitoring qilish va kompaniyalarning reklama daromadlari haqida ma’lumotlar to‘plashni rejalashtirmoqda.