Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-avgust kuni davlat chegaralarini qo‘riqlash va himoya qilish tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tadbirda Prezident Administratsiyasi, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati, Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) rahbariyati, shuningdek, DXX Chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi ishtirok etdi.

Chegara qo‘shinlari faoliyatining amaliy natijalari ko‘rib chiqildi, davlat chegaralarini qo‘riqlash va himoya qilish tizimini xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka tahdid solayotgan zamonaviy xatarlarni hisobga olgan holda yanada takomillashtirishning ustuvor vazifalari belgilandi.

Mintaqa mamlakatlarining chegara idoralari yo‘nalishidagi xalqaro hamkorlik izchil mustahkamlanib borayotgani, turli xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda qo‘shma tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Qo‘shni davlatlar bilan o‘tkazish punktlari ochilgani, yangi havo, temir yo‘l va avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilgani fuqarolarning o‘zaro bordi-keldisining ortishiga xizmat qilmoqda.

Chegaraoldi hamkorlikni faollashtirish yuzasidan xorijiy sheriklar bilan erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda bajarilgan ishlar tanqidiy baholanib, davlat chegaralarini qo‘riqlash va himoya qilish tizimining samaradorligini yanada oshirish yuzasidan mutasaddi tuzilmalar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)