Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ayrim ommaviy axborot vositalari, xususan, Rossiyaning “Mir24” telekanali, shuningdek, “Kun.uz” saytida “O‘zbekistonda saylovlar joriy yilning 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Saylov jarayonlari avvalgi saylovlardagidek proporsional tizimda o‘tkaziladi”, degan mazmundagi noto‘g‘ri xabar e’lon qilindi. MSK matbuot xizmati ushbu xabarlarga raddiya berdi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Raddiyada keltirilishicha, mazkur axborot go‘yo MSK raisi so‘zlaridan va MSK matbuot xizmatidan olinganligi ko‘rsatib o‘tilgan.

MSK tomonidan shu kunga qadar bunday bayonot berilmagan.

Shuningdek, xabarda keltirib o‘tilganidek, O‘zbekistonda saylov jarayonlari proporsional tizimda emas, balki majoritar saylov tizimida o‘tkaziladi. Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylov hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkaziladi.

Saylov Kodeksining 36-moddasiga asosan, Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanganligi ularning vakolatlari muddati tugashidan kamida uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga binoan e’lon qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi.

Markaziy saylov komissiyasi saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish borasida ommaviy axborot vositalarini oldindan xabardor qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bir necha kundan buyon hukm surayotgan qorli ob-havoda o‘zbekistonliklar yasagan qorbobolar — suratlarda
Sport
Matbuot anjumani vaqtida mushukni uloqtirib yuborgan Braziliya terma jamoasi rasmiysi tanqidlarga uchradi (video)
Dunyo
Lukashenko “kuchsiz Mercedes” tufayli YOII sammitiga piyoda keldi (video)