Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘onada Majburiy ijro byurosi xodimlariga pora bermoqchi bo‘lgan fuqaroga sud hukmi o‘qildi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Majburiy ijro byurosi Yozyovon tuman bo‘limi texnik kuzatuv sho‘basi bosh muhandisi O.O‘rmonov va bo‘limning tezkor sho‘basi katta inspektori Sh.Mamajonov fuqaro I.Imomov “Sultan Sayan Servis” fermer xo‘jaligida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish natijasida yetkazilgan zararni yo‘q qilib berish evaziga pora taklif qilayotganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Ularning bildirgisiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tumandagi “Yuqori Soybo‘yi” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan baliqxonada I.Imomov o‘zi ijarada foydalanayotgan “Sultan Sayan Servis” fermer xo‘jaligi Yozyovon tumani elektr ta’minoti korxonasining “PK” hisob dasturidan o‘tmasdan, shartnoma tuzmasdan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishi natijasida yetkazilgan 88 million so‘m zararni yo‘q qilib berish evaziga 30 million so‘m pora taklif qilib, shundan 8 million so‘m hisobida, ya’ni 900 AQSh dollari va 500 ming so‘mni pora sifatida bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yozyovon tuman sudi tomonidan I.Imomov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25, 213-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilib, ikki yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oziq-ovqat narxlari tez o‘smoqda: O‘zbekistonda noyabrda 1,3 foizlik inflyatsiya qayd etildi
Mahalliy
O‘zbekistonda internetda qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar uchun javobgarlik belgilanmoqda
Dunyo
Sadir Japarov O‘sh voqealari bo‘yicha sudga chaqirildi