Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2020-yildan O‘zbekistonda kamyob dori-darmonlar tayyorlash uchun timus ishlab chiqariladi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar berdi.

Foto: “Nuz.uz”

Foto: “Nuz.uz”

O‘zbekiston Prezidentining “Qorako‘lchilik sohasini jadal rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2020-yildan boshlab O‘zbekistonda kamyob dori vositalarini tayyorlash uchun 220 kilogramm timus ishlab chiqariladi.

Qarorga muvofiq, Fanlar akademiyasi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligiga “Qorako‘lchilik” Respublika birlashmasi bilan hamkorlikda Qorako‘l xomashyosidan kamyob dori vositalarni ishlab chiqarishni 10 marotabaga ko‘paytirish majburiyati yuklatilgan.

Immun tizimini tiklaydigan “Timoptin”, kamqonlikda ishlatiladigan “Eritim” preparatlari kamyob dorilar jumlasiga kiradi.

Buxoro, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarining 12 ta timus ishlab chiqaruvchisi, tibbiyot uchun xomashyo ishlab chiqarishni 2021-yilda 266 kilogramm, 2022-yilda 316 kilogrammga oshiradi.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, timus — hali tug‘ilmagan Qorako‘l qo‘zilarining immunitetiga javob beruvchi ayrisimon bez.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bir necha kundan buyon hukm surayotgan qorli ob-havoda o‘zbekistonliklar yasagan qorbobolar — suratlarda
Sport
Matbuot anjumani vaqtida mushukni uloqtirib yuborgan Braziliya terma jamoasi rasmiysi tanqidlarga uchradi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299 ta zapravkaga benzin yetkazib berish to‘xtatildi