AQShning Massachusets universiteti olimlari o‘simlik moyida qovurilgan ovqatlarning ichakdagi saraton o‘smalari rivojlanishiga yordam berishini aniqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Tadqiqot natijalari Amerika saraton kasalligini o‘rganish assotsiatsiyasining veb-saytida e’lon qilindi.
Mutaxassislar sichqonlarda tajriba o‘tkazdi. Ular fast-fud tayyorlashda keng qo‘llaniladigan kanola yog‘ini kemiruvchilarga berdi.
Olimlar o‘simlik yog‘ida qovurilgan ovqat qon aylanishi tizimida toksik elementlarning tarqalishiga olib kelishini aniqladi. Bu, o‘z navbatida, ichakdagi o‘smalarning rivojlanishini keltirib chiqaradi.
Mutaxassislar ichaklarida muammosi borlarga qovurilgan ovqatdan umuman voz kechishi kerakligini aytdi.
“Bunday ovqatni iste’mol qilish,ichakning yallig‘lanish kasalligi yoki yo‘g‘on ichak saratoni bilan kasallangan odamlarda ushbu kasalliklarning yanada agressiv bo‘lishiga olib keladi”, — dedi olim Godun Chjan.
Izoh (0)