Xitoyning Guandun provinsiyasidagi Yanszyan okrugida yo‘nalishli avtobus halokatga uchradi, deb yozmoqda “TASS”.
Oqibatda 7 kishi halok bo‘lgan, 11 nafari jarohatlangan. Voqea “Shenyan—Xaykou” trassasida sodir bo‘lgan.
Xabarda aytilishicha, avtobus 44 kishiga mo‘ljallangan bo‘lgan, biroq unda 47 nafar odam bo‘lgan. Jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan. Ularning hayoti xavf ostida emas.
Politsiya YTH sabablarini aniqlamoqda.
Izoh (0)