Tadqiqotchilar buni o‘rganish va buyuk sarkarda xokini O‘zbekistonga olib kelishga kirishdi. Bu haqda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Foto: Google images

Avgust oyida Xorazm viloyatida o‘tkazilgan “Ma’naviyat festivali”da Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati rahbari B.Abdirimov OAV lari bilan bo‘lgan matbuot anjumanida shunday dedi:

“Biz Turkiya davlati bilan hamkorlikda yirik bir loyihani amalga oshirish arafasida turibmiz. O‘zbek elining milliy qahramoni Jaloliddin Manguberdi qabrini O‘zbekistonga olib kelish, davlatchiligimizning Turkiya tarixchilari nazaridagi ma’lumotlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Biz o‘z tariximiz va turk tarixchilari manbalarini omixtalagan holda yangi tarix sahifalarini ochish niyatidamiz. Shu orqali tariximizni yangi bosqichda o‘rganish ishlarini olib bormoqdamiz. Albatta, bu loyihamiz millatimizda vatanparvarlik g‘oyalarini o‘stirishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi”.

Foto:Ma’naviyat va marifat markazi

Mazkur fikrlar ishtirokchilarda alohida qiziqish uyg‘otdi. Bundan tashqari “Ma’naviyat festivali” doirasida ichki turizmni rivojlantirish borasida “Ma’rifat tur”loyihasi, “Jamiyat taraqqiyotining asosi — ma’naviyatdir” ilmiy-amaliy konferensiyasi, “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” ko‘rik tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi.

Foto:Ma’naviyat va ma’rifat markazi

Foto:Ma’naviyat va ma’rifat markazi