Nyu-York shtatining Cornell universiteti olimlari asosan suvdan tashkil topgan kam kaloriyali sariyog‘ muqobilini yaratishdi. Bu haqda universitet sayti xabar berdi, deb yozadi TASS.

Foto: AP Photo

Kimyogarlar o‘simlik moyi va sut yog‘i qo‘shilgan ko‘p miqdordagi suvni sariyog‘ga o‘xshash emulsiyaga aylantirishga muvaffaq bo‘lishdi. Mahsulotda sun’iy stabilizator mavjud emas va kaloriyasi saryog‘dan 75 foizga kam. Bir osh qoshiq simulyatsiya 25,2 kkal, tarkibidagi yog‘ miqdori esa 2,8 grammni tashkil etadi.

“Biz tarkibi va ta’mi sariyog‘ga o‘xshash bo‘lgan mahsulot yaratdik”, — deydi tadqiqotning yetakchi muallifi Alireza Abbaspurrad.

Tadqiqot mualliflaridan biri Mishel Lining aytishicha, olimlar simulyatsiya qilishda foydalangan texnologiyalar sog‘liq uchun foydali bo‘lgan mahsulotlarning yangi turlarini yaratishda muhim rol o'ynashi mumkin.