Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

21-avgustda Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida sodir bo‘lgan YTH natijasida 2 yo‘lovchi vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.

Foto: Wikipedia

Foto: Wikipedia

21-avgust kuni soat 03:30 larda Xorazm viloyati Yangiariq tumanida yashovchi 24 yoshli F.K. o‘zining boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinasini Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumani hududidan o‘tuvchi “G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beynau” yo‘lida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan 40 yoshli A.B. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada Cobalt avtomashinasi haydovchisi F.K., yo‘lovchisi, Xorazm viloyatida yashagan 20 yoshli S.N. ismli ayol, Nexia avtomashinasi yo‘lovchilari, Xorazm viloyatida yashagan, 18 yoshli M.Q. ismli qiz va Xorazm viloyatida yashovchi 27 yoshli M.M. turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay S.N. va M.Q. shu yerda vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bir necha kundan buyon hukm surayotgan qorli ob-havoda o‘zbekistonliklar yasagan qorbobolar — suratlarda
Sport
Matbuot anjumani vaqtida mushukni uloqtirib yuborgan Braziliya terma jamoasi rasmiysi tanqidlarga uchradi (video)
Dunyo
Lukashenko “kuchsiz Mercedes” tufayli YOII sammitiga piyoda keldi (video)