Boeing joriy yil 7 oyi mobaynida buyurtmachilarga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 38 foiz kam yo‘lovchi samolyotlari yetkazib berdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Airbus korporatsiyasidan ortda qoldi.

Foto: EPA

The Wall Street Journal nashriga ko‘ra, kompaniya yanvar-iyul oylarida mijozlariga 258 ta samolyot yetkazib bergan. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 417 taga teng bo‘lgan.

Airbus 2018-yilda 458 ta havo kemasi sotgan va joriy yil yakunlari bo‘yicha o‘zining asosiy raqibidan o‘zib ketib, dunyodagi eng yirik aviaquruvchi kompaniyaga aylanishi kutilmoqda.

Gazeta Boeing qatorasiga beshinchi oy Boeing 737 MAX samolyotiga buyurtma ololmayotganiga e’tibor qaratgan.