Xivada “Qovunlar festivali” boshlandi. Bu haqda “Daryo”ga Xorazm viloyat turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Xorazm viloyat turizmni rivojlantirish departamenti

Mazkur festival shu yil 11—13-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo Qurbon Hayiti munosabati bilan 13-avgustga qoldirildi.

Tadbir doirasida qovun va boshqa poliz mahsulotlari, meva-sabzavotlar ko‘rgazmasi va sotuvidan tashqari mahalliy folklor-etnografik guruhlar, estrada xonandalarining chiqishlari, teatrlashtirilgan sahna tomoshalari ham taqdim etiladi.

Foto: Xorazm viloyat turizmni rivojlantirish departamenti

Festival g‘oliblariga Spark avtomobili, traktor va mototsikllar berilishi ko‘zda tutilgan.

Foto: Xorazm viloyat turizmni rivojlantirish departamenti