Vashington Rossiyaning Arxangelsk viloyatidagi poligonda ro‘y bergan favqulodda holatdan tegishli xulosa chiqardi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.

Foto: EADaily

“AQSh Rossiyada raketa portlashiga olib kelgan muvaffaqiyatsizlik tufayli ko‘p narsalarni bilib oldi. Bizda ham shunga o‘xshash, lekin yanada zamonaviy texnologiyalar bor. Skyfall portlashi odamlarni obyekt yaqinida va undan uzoqdagi havo haqida tashvishlanishga majbur qildi. Yaxshi emas!”

AQSh razvedkasi Arxangelsk viloyatida NATO tasnifiga ko‘ra SSC-X-9 Skyfall deb ataladigan “Burevestnik” qanotli raketasi prototipi portlaganini gumon qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, poligondagi mazkur portlash oqibatida “Rosatom” korporatsiyasining 5 nafar xodimi halok bo‘ldi.