KXDRdan kelgan qochqin ayol va uning o‘g‘li o‘zining Seuldagi kvartirasida o‘lik holda topildi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Foto: Google Images

Xabarda aytilishicha, 42 yoshli ayol va uning 6 yoshli o‘g‘lining jasadi kvartiradan noxush hid kelayotganidan shikoyat tushganidan so‘ng hovli tozalovchi xodim tomonidan aniqlangan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, jasadlarda zo‘ravonlik bilan o‘ldirish yoki suiqasd alomatlari topilmagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular taxminan 2 hafta oldin o‘lgan.

Yonhap agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra, ular ochlikdan o‘lgan bo‘lishi mumkin. Chunki ularning kvartirasida hech qanday yegulik va pul topilmagan. Ayol bolasi bilan butunlay qashshoq holda yashagan. Ularning xonadoni puli to‘lanmagani uchun suv tarmog‘idan ham o‘chirib qo‘yilgan.